Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

26-iyul, yakshanba kuni Ispaniyada boshlangan yong‘in oqibatida mingga yaqin gektar maydondagi o‘rmonlar yonib ketdi, yuzlab odamlar boshqa joyga ko‘chirildi. Bu haqda El Pais gazetasiga asoslanib, “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.

Foto: meteoprog.ua

Foto: meteoprog.ua

Yong‘in kunning ikkinchi yarmida Kataloniyada boshlandi. Bunga qurg‘oqchilik va kuchli shamollar sabab bo‘lgani aytilmoqda. Ofatni bartaraf etish uchun 155 ta o‘t o‘chirish jamoasi tashlandi, xavfli hududdan 800 kishi ko‘chirildi.

O‘t o‘chiruvchilar tuni bilan ishlaganiga qaramay, o‘rmondagi alangani butkul o‘chirishning iloji bo‘lmadi. Bunga ob-havo, jumladan, kuchli shamol ham xalaqit beryapti. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar to‘g‘risida hozircha xabarlar yo‘q.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya lirasi yana rekord darajada tushib ketdi
Mahalliy
Buxoroda ayol yuk poyezdi ostida qoldi. U o‘z joniga qasd qilgan
Mahalliy
O‘zbekiston Xitoyga qovun qoqi va loviya eksport qiladi