Kabinasining germetizatsiyasi buzilgani haqida signalizatsiya ishlab ketganiga qaramay, UTair aviakompaniyasining “Samara – Moskva” yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qilayotgan Boeing 737-500 samolyoti “Vnukovo” aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Ekipaj yo‘riqnomaga asosan harakat qildi. Pastlash va qo‘nish belgilangan tartibda amalga oshdi. Samolyot kabinasida kislorodli niqoblar tarqatilmadi”, — dedi agentlik suhbatdoshi.
Samolyot bortida 63 yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning hech biri jabrlanmagan.
Izoh (0)