Konnektikut shtatining federal katta hakami harbiy dengizchini atom suvosti kemasida noqonuniy suratga olish ishlarini amalga oshirganlikda aybladi, deb xabar beradi FQB.
28 yoshli Kristian Souser 2007-yilning sentabr oyidan 2012-yilning martigacha AQSh Harbiy dengiz kuchlariga qarashli “Aleksandriya” suvosti kemasida mashinist yordamchisi bo‘lib xizmat qilgan. Aniqlanishicha, 2009-yilda Souser mobil telefonidagi kamerasi yordamida suvosti kemasi ichkari qismi va asbob-uskunalarini suratga olgan. Uning telefoni 2012-yilda chiqindi punktidan topilgandan so‘ng, dengizchini FQB va Harbiy dengiz kuchlarining tergov bo‘limi vakillari so‘roq qilgan.
Souser 2015-yilning 24-mayida jinoyat ishi bo‘yicha hibsga olingan bo‘lib, keyinroq 100 ming dollar garov puli evaziga qo‘yib yuborilgan. Unga mudofaa sohasida noqonuniy ma’lumot to‘plaganligi uchun o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi xavf solmoqda.
Izoh (0)