Hindistonning Karnataka shtatidagi xususiy maktabga qoplon keldi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Yirtqich o‘quv muassasasidagi barchani dahshatga soldi. Shunga qaramasdan, xodimlar bolalarni evakuatsiya qilib, qoplonni alohida xonaga quvib kiritishga muvaffaq bo‘ldi. U yerda qoplon veterinarlar kelguncha qamab qo‘yildi. Biroq o‘qituvchilardan biri negadir qoplon qamalgan xona derazasidan qo‘lini ichkariga kiritdi. Qoplon o‘sha zahoti hamla qilib, uning qo‘lida chuqur jarohat qoldirdi.
Muassasaga yetib kelgan veterinarlar hayvonni trankvilizatorli (asabni tinchlantiradigan dori) o‘q bilan otib, maktabdan olib ketdi.
Izoh (0)