Hindiston shimolidagi Ximachal-Pradesh shtatida avtobusning daryoga qulab ketishi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi, yana 22 nafari yaralandi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Halokat Kullu okrugida sodir bo‘ldi. Hozir u yerda yomg‘irlar mavsumi bo‘lib, jala yo‘llarning bir qismini o‘pirib ketgan.
Hindiston YTH oqibatida halok bo‘lganlar soni bo‘yicha boshqa mamalakatlarni ortda qoldiradi. Faqat 2014-yil davomida yo‘llardagi halokatlar 141 ming kishini hayotdan olib ketgan. YTH sabablaridan Hindistonda eng ko‘p tarqalgani tezlikni oshirish hisoblanadi.
Izoh (0)