AQShning Bishkekdagi elchixonasi Qirg‘iziston hukumatining “1993-yil 19-mayda Vashingtonda Qirg‘iziston va AQSh hukumatlari o‘rtasida imzolangan yordam ko‘rsatishni yengillashtirish bo‘yicha hamkorlik bitimini denonsatsiya qilish to‘g‘risida”gi qaroridan noroziligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Knews.kg”.
Elchixona matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu bitim qonuniy asosi bo‘lib xizmat qilgan yordam dasturlari doirasida AQSh Qirg‘izistonga o‘tgan davr mobaynida 2 milliard dollar miqdorida yordam ko‘rsatgan. Bu Markaziy Osiyoda eng katta ko‘rsatkichdir.Avvalroq, Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev AQShning yordam dasturlari bilan bog‘liq har qanday mahsulot, istalgan mulk, davlat yoki xususiy tashkilot, ularning xodimlari Qirg‘izistonda barcha soliqlar, boj hamda boshqa yig‘im va to‘lovlardan ozod qilinishini ko‘zda tutgan ushbu bitimni denonsatsiya qilish to‘g‘risidagi qarorni imzolagani xabar qilingan edi.
Izoh (0)