Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Associated Press nashri British Movietone bilan hamkorlikda YouTube’ga bir million daqiqalik tarixiy videoparchalarni joyladi, deya xabar bermoqda The Guardian.

9to5google.com

9to5google.com

To‘plam 1895-yildan bugungacha tasvirga olingan 550 mingta alohida roliklardan iborat. Ta’kidlanishicha, bu butun omma uchun ochiq videoxostingga yaxlit tarzda yuklangan eng katta arxivdir.

Tez orada roliklar ichida eng ommabop kadrlar aniqlandi. Bular 1906-yilda San-Fransiskoda ro‘y bergan zilzila oqibatlari, 1941-yilda Pyorl-Xarborning bombardimon qilinishi, Mussolinining 1931-yilgi murojaati hamda 2008-yil Iroqdagi konferensiyada Jorj Bushning o‘ziga otilgan poyabzalga chap berib qolishi aks etgan videolar bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi