Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari Nalchikdagi maxsus operatsiya chog‘ida bir necha jangarini yo‘q qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Nalchikdagi Shogentsukov ko‘chasida joylashgan 10 qavatli uydagi jangovar to‘qnashuv vaqtida besh nafargacha jangari yo‘q qilindi”, - deyiladi Kabarda-Balkariya huquqni muhofaza qiluvchi organlaridagi manba xabarida.
Avvalroq, Rossiya xavfsizlik kuchlari jangarilar bilan otishma olib borayotgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)