Amerikalik mashhur aktyor Leonardo Di Kaprio yovvoyi tabiatni himoya qilish uchun asos solgan fondni qo‘llab-quvvatlash uchun 40 million yevrodan ko‘proq mablag‘ to‘pladi, deb xabar beradi “TASS”.
Barcha mablag‘lar 22-iyul, chorshanba kuni Fransiyaning Sen-Trope shahrida o‘tkazilgan xayriya kechasida yig‘ildi. Kechada aktyor kimoshdi savdosini o‘tkazib, unda o‘ziga tegishli bo‘lgan qimmatbaho san’at asarlari, jumladan Endi Uorxol va Benksining rasmlarini sotuvga qo‘ydi.
Shuningdek, Di Kaprio Blekador Key orolida joylashgan ko‘chmas mulkining bir qismini amerikalik tadbirkor Tom Barrakga sotdi.
Izoh (0)