O‘zbekistondagi milliy magistralning qurilishi 2019-yilda to‘liq yakunlanadi, deb xabar beradi “Anons.uz”.
Natijada Andijon—Qo‘ng‘irot va Samarqand—Termiz yo‘nalishidagi avtomobil yo‘llari xalqaro standartlarga to‘liq javob berishi, hamda jo‘nash joyidan belgilangan masofaga yetib borish 10-12 soat vaqtni olishi kutilmoqda.
Yangi magistralning paydo bo‘lishi investitsiya muhitini rag‘batlantirib, yangi investorlarni jalb etishga, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.
O‘zbek milliy magistrali qo‘shni davlatlarga chiquvchi to‘rtta yo‘nalishdagi 2755 kilometr masofani o‘z ichiga oladi.
Izoh (0)