Xitoylik shifokorlar noyob operatsiyani amalga oshirdi. Ular gidrotsefaliya xastaligi bilan kasallangan uch yoshli qizchaning hayotini saqlab qoldi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.
Xan Xanning miyasida suv to‘planishi oqibatida uning boshi odatdagidan to‘rt martaga kattalashdi. Qizcha boshining og‘irligi uning tana vaznining yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etdi, bosh suyaklari esa juda yupqalashib ketdi. Uni yolg‘iz katta qilayotgan otasi murakkab operatsiya uchun 80 ming dollar to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.
Tibbiyot xodimlari 3D-printer yordamida titan to‘ridan uchta implant modelini yaratib, uni bemor bosh suyagi o‘rniga joylashtirdi. Qizcha boshidagi ortiqcha suvni olib tashlash uchun o‘tkazilgan operatsiya 17 soat davom etdi.
Operatsiya muvaffaqiyatli yakunlanib, qizcha mustaqil nafas ola boshladi. Shifokorlar uning to‘liq tuzalib ketish imkoniyati mavjud deb hisoblamoqda.
Izoh (0)