Samsung va Apple kompaniyalari uyali aloqa operatorlari bilan elektron SIM-kartalar chiqarish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb xabar berdi The Financial Times.
Bunday SIM-karta “mobil qullik”dan qutulishga imkon beradi: telefondan SIM-kartani chiqarib o‘tirmasdan operatorni bemalol almashtirish mumkin bo‘ladi. SIM-karta smartfon, planshet yoki boshqa gadjetning o‘ziga o‘rnatilgan bo‘ladi.
Yangi texnologiyani butun dunyodan ko‘plab uyali aloqa operatorlarini birlashtirgan GSMA uyushmasi joriy etmoqchi. Biroq bu 2016-yildan oldin sodir bo‘lmaydi.
Izoh (0)