Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Intel korporatsiyasi 2015-yilning ikkinchi choragida 13,2 milliard dollar daromad ko‘rganini ma’lum qildi, deb yozadi “Infocom.uz”.

Foto: valuewalk.com

Foto: valuewalk.com

Operatsion foyda 2,9 milliard dollar, sof foyda 2,7 milliard dollar va bitta aksiya uchun daromad 55 sentni tashkil etdi.

Operatsiyalar natijasida korporatsiya taxminan 3,4 milliard dollar naqd daromad ko‘rdi, 1,1 milliard dollar dividend to‘ladi va o‘z aksiyalarining 22 milliontasini sotib olish uchun 697 million dollar sarfladi.

Intel bosh ijrochi direktori Brayan Krjanich so‘zlariga ko‘ra, 13,2 milliard dollarlik daromad korporatsiya prognozlariga mosdir.

Korporatsiya 2015-yilning uchinchi choragida 14,3 milliard dollar daromad ko‘rishga umid qilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bir necha kundan buyon hukm surayotgan qorli ob-havoda o‘zbekistonliklar yasagan qorbobolar — suratlarda
Sport
Matbuot anjumani vaqtida mushukni uloqtirib yuborgan Braziliya terma jamoasi rasmiysi tanqidlarga uchradi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda narxni oshirgan va sifatsiz mahsulot sotgan 299 ta zapravkaga benzin yetkazib berish to‘xtatildi