Valloniya-Brussel federatsiyasi hukumati Skarbek kommunasida Belgiyada birinchi islom o‘rta maktabining ochilishiga ruxsat berdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Saxovat” nomli o‘quv muassasasi 1-sentabrdan ishga tushadi. Bolalarni 12 yoshdan boshlab o‘qituvchi maktab, dastlab 120 nafar o‘quvchini o‘qitishga mo‘ljallangan. Kelajakda ularning soni 660 nafarga yetadi.
Belgiya aholisi 11,2 million kishidan iborat bo‘lib, shulardan 600 mingdan ko‘prog‘i musulmonlardir.
Izoh (0)