Yaponiyadagi havonot bog‘laridan biri fillar uchun 65 metrlik basseyn qurdi, deb xabar bermoqda Meduza.
Basseyn devorlari shaffof bo‘lib, tomoshabinlar sayyoramizning quruqlikda yashovchi eng yirik sutemizuvchilari qanday cho‘milishini kuzatishi mumkin.
https://www.youtube.com/watch?v=NzcePKQHH5s
Fillar cho‘milish vaqtida nafas olish uchun xartumini tashqarida qoldiradi, qolgan butun tanasi suv ostida bo‘ladi. Tashrifchilarning so‘zlariga ko‘ra, fillar cho‘milgach ancha ko‘p ovqat yeya boshlagan.
Izoh (0)