O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning LG kompaniyasining so‘nggi flagmani – G4 smartfoni sotila boshlandi, deb xabar bermoqda “Mobinfo.uz”. Hozircha smartfonning oddiy kulrang korpusli versiyasi sotuvga chiqqan, orqasida teri g‘ilofi bo‘lgan LG G4 iyul oxirida sotuvga chiqishi kutilmoqda.
LG G4 smartfoni 16 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kamera, 2560 ga 1440 o‘lchamdagi 5,5 dyuymli ekranga ega va LTE texnologiyasida ishlay oladi. Android 5.1 (Lollipop) operatsion tizimida ishlaydi.
Toshkentdagi “Fleshka” savdo markazida (“Malika”) 32 Gigabayt xotiraga ega LG G4 smartfoni 3,1 million so‘mga sotilmoqda. Taqqoslash uchun, LG G3 taxminan 1,8 million so‘mga, LG G2 esa 1,6 million so‘mga sotilmoqda.