O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan mahkumlarning, shuningdek, qamoqda saqlanuvchi shaxslarning ta’minot normalari tasdiqlandi, deb xabar bermoqda “Norma.uz”.
Hujjatga ko‘ra, mahkumlar va qamoqda saqlanuvchi shaxslarga ta’minotni berish va foydalanish, shuningdek muhtojlarni davolash uchun oziq-ovqat bilan ta’minlash tartibini Ichki ishlar vazirligi belgilaydi.
Ta’minotdagi oziq-ovqat mahsulotlari orasida birinchi va ikkinchi navli undan tayyorlangan non, guruch, makaron mahsulotlari, go‘sht, baliq, tuxum, moy, shakar, choy, tuz, kartoshka, quruq mevalar, sabzavotlar kabi mahsulotlar bor. To‘liq ro‘yxat bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Izoh (0)