O‘zining qishlog‘ida ta’tilda bo‘lgan “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski non olish uchun do‘konga borishning g‘alati usulidan foydalandi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.
Qishloqdan yaqin do‘kongacha bo‘lgan masofa 30 kilometrni tashkil etadi. Polshalik hujumchi u yerga avtomobilda borish yoki kimgadir non olib kelishni iltimos qilishning o‘rniga vertolyot ijaraga olishga qaror qildi.
Transport vositasining ijarasi unga besh ming yevroga tushdi. Ta’kidlab o‘tish joizki, futbolchining bir yillik maoshi 12 million yevroni tashkil etadi.
Izoh (0)