Xitoy birjalaridagi inqiroz tufayli Alibaba Group kompaniyasining aksiyalari narxi bir oy ichida to‘qqiz foizga pasayib, bir aksiyaning narxi 79,4 dollarga tenglashdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Kompaniya kapitalizatsiyasi 198,6 milliard dollargacha kamaygan. Qayd etilishicha, inqiroz tufayli investorlar Xitoy kompaniyalaridagi ulushlarini sota boshlagan, shu tufayli Alibaba Group ham 8-iyul kuni o‘zining eng past natijasini yangilagan.
Eslatib o‘tamiz, internet orqali tijorat sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi Alibaba Group kompaniyasida asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov ham ulushga ega.
Izoh (0)