Chelyabinsk shahridagi Kalinin tuman prokuraturasi bir necha daqiqalar ichida ko‘z yorishi kerak bo‘lgan ayolni tug‘uruqxonaga qo‘ymaslik holati bo‘yicha tekshirishni yakunladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Nazorat qiluvchi organ shahar ma’muriyatining sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qonun buzilishini bartaraf etish va aybdorlarni jazolash haqidagi talab bilan taqdimnoma kiritadi.
Ma’lum bo‘lishicha, Chelyabinskdagi 5-sonli kasalxona qo‘riqchilari ayolni “Tez yordam” emas, uning eri shaxsiy mashinada olib kelganligi uchun tug‘uruqxonaga kiritmagan. Natijada erkakning o‘zi mashinada xotiniga ko‘z yorishida yordamlashgan. Tug‘ruq muvaffaqiyatli kechgan, qiz bola dunyoga kelgan. Keyinroq kasalxona ona-bolani qabul qilgan.
Izoh (0)