“O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi Sirdaryo viloyatida yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishi uchun maslahatchi tanlash yuzasidan tender e’lon qildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Kompaniyaning e’loniga ko‘ra, maslahat xizmatlari loyihaning iqtisodiy-texnik asoslarini, tender hujjatlari va boshqa hujjatlarni ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.
29-iyul tender bo‘yicha takliflar berishning oxirgi muddati hisoblanadi. IES tarkibiga yana ikkita har biri 450 MVt kuchlanishli bug‘-gazli qurilmalar kiritilishi nazarda tutilgan. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, loyihaning qiymati 910 million dollarni tashkil etadi. Qurilish ishlari 2016-yilda boshlanib, 2018-yilda tugallanishi rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)