“Cars.com” portali mutaxassislari Toyota Camry sedani va Toyota Sienna minivenini AQSh avtomobil bozorida taqdim etilgan “eng amerikacha” modellar deb topdi, deb xabar bermoqda “Motor.ru”.
Reyting avtomobillarning AQShda ishlab chiqarilgan qismlardan tarkib topganlik darajasi asosida tuzilgan bo‘lib, bunday qismlari 75 foizdan kam avtomobillar o‘z-o‘zidan reytingga kiritlmadi.
Tadqiqotda qayd etilishicha, AQShda hozirda og‘ir pikaplar va tijorat transportlari inobatga olinmasa jami 101 ta model taqdim etilmoqda. 2010-yilda eng “amerikacha” avtomobillar ro‘yxatidan 29 ta mashina joy olgan bo‘lsa, 2015-yilda reytingga atigi 7 ta model kirgan.
Toyota’ning ikkala modelidan tashqari reytingga Yaponiyaning yana bir avtomobili – Honda Odyssey ham kirgan. Qolgan to‘rt mashina General Motors konserni tomonidan ishlab chiqariladi : Chevrolet Corvette, GMC Acadia, Chevrolet Traverse va Buick Enclave.
Izoh (0)