AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi texnik muammolar tufayli to‘xtatib qo‘yilgan viza berish jarayonini qayta tiklaganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Elchixonaning Facebook’dagi sahifasida qoldirilgan xabarga ko‘ra, vizalari tasdiqlangan arizachilar o‘zlarining viza tushirilgan pasportlarini dushanba, seshanba va chorshanba kunlari soat 15:30 da olib ketishlari mumkin.
Avvalroq, AQSh butun dunyo bo‘ylab viza berishni qayta tiklagani xabar qilingan edi.
Izoh (0)