Toshkent ikkilamchi uy bozoridagi o‘rtacha taklif narxi iyun oyi yakunlariga ko‘ra 1 kvadrat metr uchun 747 shartli birlikni tashkil etdi. Bu haqda Credo Max Estimation baholash tashkilotiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
May bilan taqqoslaganda (747 sh. b.) kvartira narxlari o‘zgarishsiz qoldi. Panel uylardagi kvartiralar o‘rtacha narxi 714 sh. b., g‘isht uylardagi — 792 sh. b. (mayda 800 sh. b., -1% )ni tashkil qildi.
Iyun oyida Toshkentdagi 11 tumandan 8 tasida kvartira narxlari pasaygan, bittasida oshgan.
Bektemir (500 sh. b.), Olmazor (734), Uchtepa (731) va Yunusobod (770) tumanlarida narxlar 3 foizga, Sergeli (585) va Yashnobod (673) tumanlarida 2 foizga, Chilonzor (774) va Yakkasaroy (822) tumanlarida 1 foizga kamaydi. Mirzo Ulug‘bek (753) va Shayxontohur (835) tumanlarida narxlar o‘zgarishsiz qoldi.
Izoh (0)