O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasida Qo‘mita raisi D.Xidoyatovning Koreya Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi Li Uk-xenom bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qilgan.
Uchrashuv davomida davlat aktivlarini xususiylashtirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida tegishli ma’lumotlarni olish masalalari muhokama qilindi.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Qo‘mitaning Koreya fond birjasi bilan respublika qimmatli qog‘ozlar bozorini modernizatsiyalash bo‘yicha hamda O‘zbekistonda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish borasida Koreya iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi bilan o‘zaro hamkorligi tobora rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
- Startegik xorijiy investorlarga sotish nazarda tutilgan kimyo, neftgaz, yengil sanoat korxonalaridagi, bank-moliya sohasi va sug‘urta kompaniyalariga tegishli korxonalardagi davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayoniga koreyalik investorlarni jalb qilish;
- Toshkent va Seulda ishbilarmonlar doirasi uchun yirik aksiyadorlik jamiyatlarining taqdimotlarini o‘tkazish;
- Strategik xorijiy investorlarga sotiladigan davlat aktivlarini baholashga xalqaro baholovchi tashkilotlarni taklif qilish;
- yangi tashkil etiladigan Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazida Koreyaning yetakchi ta’lim muassasalarining professorlarini ma’ruza va mashg‘ulotlar bilan qatnashishini tashkil etish.
Izoh (0)