O‘zbekistonga Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS) koronavirusi kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Toshkent xalqaro aeroportida tibbiy-sanitar tekshiruv kuchaytirildi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Ushbu kasallikka uchraganlikda gumon qilinganlarni aniqlash klinika ma’lumotlari va epidemiologik anamnez asosida o‘tkaziladi. Bunday holatda bemor zudlik bilan izolyatsiya qilinishi lozim.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda Seul, Dubay va Sharjadan kelayotgan har bir yo‘lovchining harorati maxsus uskunalar yordamida tekshirilmoqda. Maxsus klinikalarda yetarli dori zaxirasi bilan palatalarga buyurtma berib qo‘yilgan.
Izoh (0)