Chevrolet kompaniyasi hozircha Bolt EV nomi qo‘yilgan arzon elektrokarni sinovdan o‘tkazayotgani aks etgan fotosuratlar va videolavha internetda paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Motor.ru”.
Kompaniya xabariga ko‘ra, sotishga mo‘ljallangan modelni ishlab chiqish hali dastlabki bosqichda turibdi. Suratlarda sinov prototipi 2015-yil boshida taqdim etilgan konsept-kardan biroz farq qilishi ko‘rinib turadi. Jumladan, old bamper, orqa oynalar, g‘ildiraklar va yon tomonda farqlar bor.
Elektrokar haqidagi tafsilotlar sir tutilmoqda. Hozircha avtomobil bir marta olgan zaryadi bilan 320 kilometr yura olishi va narxi 30 ming dollar atrofida bo‘lishi aniq. Yangi model 2016-yil oxirida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.
https://youtu.be/-aWSv5yL6l4
Izoh (0)