Asarlari “Jahon adabiyoti durdonalari” seriyasiga kiritilgan Frans Kafka va Erix Mariya Remark asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilindi, deb xabar beradi “12news.uz”.
Adabiyotshunoslar fikricha, kitobxonlar hech qachon ko‘rmasligi mumkin bo‘lgan asarlar “Jarayon” va “Otamga maktub” — bitta kitobning ikki qismi hisoblanadi. Gap shundaki, ularning muallifi – Kafka yuqoridagi va boshqa asarlarini ham o‘zining o‘limidan so‘ng yoqib yuborishni vasiyat qilgan. Biroq uning yaqin do‘sti Maks Brod yozuvchining vasiyatini bajarmagan. XX asrga kelib “Jarayon” teatr va kinematografiya san’atining ijodiy yangilanishiga asos bo‘ldi.
Erix Mariya Remarkning “Uch og‘ayni” asari do‘stlik, muhabbat va urush davriga qarshilik ruhi birlashtirgan bir necha kishilar hayoti haqida hikoya qiladi.
Izoh (0)