Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Lu Kan Janubiy Xitoy dengizida “odatiy qurilish ishlari” olib borilayotganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Xitoy Janubiy Xitoy dengizidagi o‘z orollarida, riflarida va boshqa hududlarida odatiy qurilish ishlarini olib bormoqda. Boshqa davlatlar Xitoyga o‘z hududida nima bilan shug‘ullanishini ko‘rsatishga haqqi yo‘q”, — dedi u AQSh Davlat departamentining tegishli bayonoti haqidagi savolga javoban.
Avvalroq, AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Jon Kirbi AQSh Xitoy Janubiy Xitoy dengizini harbiylashtirayotganiga aminligini va Pekin bunday faoliyatini to‘xtatishi lozimligini ma’lum qilgan edi.
Ma’lumot uchun, Janubiy Xitoy dengizidagi ko‘plab orollar Xitoy, Vyetnam, Bruney, Malayziya va Filippin o‘rtasidagi bahsli hududlar hisoblanadi.
Izoh (0)