AQSh Kongressining Vakillar palatasi prezidentdan qo‘shinlarni Iroqdan chiqarish talab qilingan rezolyutsiya loyihasiga qarshi ovoz berdi, deb xabar bermoqda “Asia-Plus”.
Rezolyutsiyaga qarshi 288 nafar deputat ovoz bergan bo‘lsa, uni yoqlab ovoz bergan 139 deputatning 120 nafari demokratlar partiyasidan bo‘lgan. Respublikachilarning deyarli barchasi qo‘shinlarni olib chiqishga qarshi ovoz bergan.
Barak Obama ma’muriyati Iroqqa qo‘shin kiritish uchun Kongressning 2001—2002-yillarda Iroq va Afg‘onistonda harbiy harakatlar o‘tkazish uchun bergan ruxsatiga tayangan. Iyun oyida Obama Iroqqa yana 450 harbiyni jo‘natib, u yerdagi kontingent sonini 3500 ga yetkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Izoh (0)