Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida yuz bergan suv toshqini tufayli hayvonot bog‘idan qochgan oq yo‘lbars hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”. Dastlab bu oq sher ekanligi taxmin qilingan, biroq yakunda hujumni yo‘lbars qilgani aniqlangan.
Yo‘lbars “Laguna Vere” suzish majmuasiga kirayotgan erkakka tashlangan va odam ushbu hujum oqibatida halok bo‘lgan. Yana bir kishi yirtqich hujumidan jabrlangani ma’lum qilingan. Politsiya yo‘lbarsni zararsizlantirish uchun yon-atrofdagi ko‘chalarni yopib, aholidan tashqariga chiqmaslikni so‘ragan.
Tez orada odamga hujum qilgan yo‘lbars maxsus operatsiya chog‘ida yo‘q qilingani ma’lum bo‘lgan.
Bungacha hayvonot bog‘idan qochgan oq sher ham yo‘q qilingan edi. Avvalroq, Gruziya bosh vaziri hayvonot bog‘i tashqarisida yirtqichlardan birortasi qolmaganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)