Janubiy Koreyada MERS koronavirusi oqibatida yana uch kishi qurbon bo‘ldi, shu tariqa jami qurbon bo‘lganlar soni 19 kishiga yetdi, deb xabar beradi “TASS” Janubiy Koreya Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotlarga tayanib.
Koreya Respublikasida yana to‘rt kishi ushbu virusni yuqtirib oldi, ularning jami soni esa 154 kishiga yetdi.
Izoh (0)