Kecha tunda Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Pxenyanga uchib ketdi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 16-iyun kuni Pxenyanda Jahon chempionati—2018 saralash bosqichi doirasida KXDRga qarshi maydonga tushishi lozim.
O‘zbekiston terma jamoasi shu vaqtga qadar KXDRga qarshi o‘yinlarda mag‘lubiyatga uchramagan. O‘zbekiston va KXDR terma jamoalari shu vaqtgacha 6 bor to‘qnash kelgan va O‘zbekiston 4 bor g‘alaba qozongan.
Ikki o‘yin esa durang natija bilan tugagan.
Izoh (0)