May oyining oxirgi kunlarida O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasida o‘tkazilgan Nasiba Abdullayevaning talabalar uchun atalgan “master-klass”idan Konsenrvatoriya ma’muriyati konsert sifatida foydalangani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Sayyod.com”.
Qayd etilishicha, talabalar uchun master-klass sifatida kelishilgan bu konsertga chiptalar sotib, zal oddiy tomoshabinlar bilan to‘ldirilgan va asosiy niyat bo‘lgan talabalarga zaldan deyarli joy tegmay, ular yo tikka turgan va yoki koridordan konsertni eshitishdan boshqa iloji qolmagan.
“Talabalar uchun master-klass emas, aslida konsert dasturi bo‘lib chiptalar sotilganidan keyin xonandaga chiptalar sotuvidan gonorar to‘lanishi kerak, ammo bu amalga oshirilmagan, demakki Xalq artistini tekinga aldab, uning konsertidan pul ishlashgan chog‘i”, — deyiladi xabarda.
Konsertda bo‘lganlarning aytishicha, ma’muriyat hattoki dasturga taqab boshqa konsertni ham o‘tkazishga ulgurib, Nasiba Abdullayevani kuttirgan.
Mazkur voqea yuzasidan Nasiba Abdullayevadan qiziqilganda u bu voqea haqida hattoki to‘xtalib o‘tishni ham istamasligini aytib qo‘l siltagan: “Bir narsani aytishim mumkin, o‘sha tashkilotchilar bilan bu ilk va so‘nggi marotaba ishlashim”.
Izoh (0)