Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Senegalga qarshi o‘yindan keyin O‘zbekiston yoshlari terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov FIFA rasmiy saytiga uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deb xabar beradi “Uff.uz”.

Foto: uff.uz

Foto: uff.uz

“Biz mag‘lubiyatga uchrashni istamagandik. O‘yin juda qiyin kechdi. Har ikki jamoa ham yuqori tempda to‘p surdi. Senegalda ham, bizda ham gol kiritish uchun bir qator imkoniyatlar yuzaga keldi. Ammo biz birgina xato evaziga jazolandik. Bundan juda xafamiz. Gol o‘tkazib yuborgunimizcha futbolchilarim yaxshi o‘yin namoyish qilayotgandi. Ammo goldan keyin biz taktikamizni o‘zgartirishga majbur bo‘ldik. Afsuski, bu ijobiy natija keltirmadi.

Nima bo‘lgan taqdirda ham, mazkur musobaqa biz uchun katta tajriba maktabi bo‘ldi. Dunyoning eng kuchli 8 terma jamoasi qatorida bo‘lish ham katta natija”, — deydi Haydarov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston konlarida zaxira kamayib borayotgani ortidan tabiiy gaz qazib chiqarish rejasi bajarilmayapti
Dunyo
Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari o‘rtasida chegarada janjal sodir bo‘ldi
Mahalliy
Nukusda -16,2 daraja sovuq qayd etildi