Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Professional boksda faoliyat olib borayotgan uch nafar o‘zbekistonlik bokschi 13-iyun kuni Ukrainada navbatdagi janglarini o‘tkazadi. Cherkassi shahridagi “Budivelnik” sport saroyida tashkil etiladigan boks kechasida o‘zbekistonliklar ukrainalik bokschilarga qarshi jang qiladi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.

Foto: bownews.com.ua

Foto: bownews.com.ua

Jumladan, og‘ir vazn toifasida faoliyat olib borayotgan Murod Azimov Sergey Radchenko bilan to‘qnash keladi. Radchenko faoliyatini endi boshlagan bo‘lsa, Azimov 6 g‘alaba, 3 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan.

Super yengil vazndagi Maqsud Jumayev Mishiko Beseliyaga qarshi jang qiladi. Beseliya o‘tkazgan 10 ta jangining barchasida zafar quchgan. Jumayev esa 10 g‘alaba, 8 mag‘lubiyat va 1 durangga erishgan.

Yarim o‘rta vazn toifasidagi O‘zbekiston vakili Mansur Abdumamatov Ilya Primak bilan to‘qnash keladi. Mansur 6 jangda faqat g‘alaba qozongan. Raqibi esa 9 jangdan 8 tasini muvaffaqiyat bilan yakunlagan.

Ukraina, Cherkassi, “Budivelnik” arenasi

Og‘ir vazn toifasiSergey Radchenko [2-0-0, 0] – Murod Azimov [6-3-1, 1]

Super yengil vazn toifasiMishiko Beseliya [10-0-0, 7] – Maqsud Jumayev [10-8-1, 6]

Yarim o‘rta vazn toifasiIlya Primak [8-1-0, 6] – Mansur Abdumamatov [6-0-0, 1]

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda banan narxi oshib bormoqda. Endi meva iste’moli kamayadimi?
Mahalliy
O‘zbekistonning barcha hududlarida 10-dekabr yog‘ingarchiliksiz o‘tadi
Dunyo
Sovuq urushni boshlagan Cherchill, Chexiyadagi shifoxonada ommaviy qotillik va Chili diktatori Pinochetning o‘limi. Kun xronologiyasida 10-dekabr