Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov 2015-yil kuzida O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligiga asoslanib UzDaily xabar bermoqda.
Turkmaniston TIV eslatib o‘tganidek, Turkmaniston bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Mamedov boshchiligidagi delegatsiya 2015-yil 1−2-iyun kunlari O‘zbekistonda bo‘lgan edi.
Tashrif davomida ikkala mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazildi, unda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning kuzda O‘zbekistonga bo‘ladigan tashrifiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar tashrif davomida imzolanishi taxmin qilinayotgan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqdi hamda o‘zaro manfaatni ifodalovchi keng doiradagi masalalarni muhokama qildi.
Izoh (0)