Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahri ko‘chalarining birida o‘zbek estradasi yulduzi latofatli Lolaning taniqli va iste’dodli fotograf Ravshaniya bilan hamkorlikdagi fotosessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Popcorn.uz”.

Foto: popcorn.uz

Foto: popcorn.uz

Yozning jazirama kunlari, quyosh zaminni o‘zining nurlari bilan qizitib turgan bir pallada xonanda va uning jamoasi 5 soatdan ortiqroq mehnat qildi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, Lolaning bu barcha harakatlari faqatgina bir dona fotosurat uchun bo‘ldi.

Foto: popcorn.uz

Foto: popcorn.uz

Xabaringiz bor, o‘zbek estradasi sana’atkorlari orasida Lola o‘zining ijodi, imidji bilan boshqalardan tubdan farq qiladi va har bir qilayotgan ishiga o‘zgacha yondashadi. San’atkorlar orasida esa Lola birinchilardan bo‘lib Levitatsiya uslubidagi fotosessiyani o‘tkazmoqda.

Foto: popcorn.uz

Foto: popcorn.uz

Ravshaniya bugungi kunda Rossiya va Yevropa yulduzlari bilan hamkorlik qilmoqda. Toshkentga esa u Lola bilan anchadan buyon rejalashtirilgan fotosessiya sabab yetib kelgan. Ayni damda Lolaning 2015-yilgi yakkaxon konsert dasturi uchun rejalashtirilgan fotosessiya o‘z nihoyasiga yetdi.

Foto: popcorn.uz

Foto: popcorn.uz

Lola va Ravshaniyaning hamkorligi 2012-yildan boshlangan.

Foto: popcorn.uz

Foto: popcorn.uz

Tez kunda Ravshaniyaning o‘zgacha, ya’ni hech qanday fotoshop va grafikasiz Levitatsiya uslubidagi ijod namunasiga baho berish mumkin bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-dekabr kuni 156 kishida koronavirus aniqlandi
Mahalliy
Janubiy Koreya mamlakatda ishlash niyatidagi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini oshiradi
Dunyo
“Hind Chernobili” — Pxobaldagi texnogen halokat, Eron oliy rahbariga aylangan Homanaiy va Sovuq urushga yakun yasagan Yelsin—Bush. Kun xronologiyasida 3-dekabr