Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2015-yilning 8-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekistonga tashrif buyurgan Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Iyad Amin Madani boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Foto: mfa.uz

Foto: mfa.uz

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va IHT o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va ularni yanada chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda bugungi kunda 57 ta davlatni birlashtirgan tashkilotda O‘zbekistonning ishtiroki muhokama qilindi.

Uchrashuvda IHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashida O‘zbekistonning 2016-yildagi bo‘lajak raisligi hamda TIVKning Toshkent shahridagi navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik va uni o‘tkazishning amaliy masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-dekabr kuni 156 kishida koronavirus aniqlandi
Mahalliy
Janubiy Koreya mamlakatda ishlash niyatidagi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini oshiradi
Dunyo
“Hind Chernobili” — Pxobaldagi texnogen halokat, Eron oliy rahbariga aylangan Homanaiy va Sovuq urushga yakun yasagan Yelsin—Bush. Kun xronologiyasida 3-dekabr