31-may kuni Qozog‘istonning Qarag‘andi shahrida bo‘lib o‘tgan pomidor janglarida 30 kilogramm pomidor yig‘ilganlar uchun patron vazifasini o‘tadi, deb xabar bermoqda “Nur.kz”.
Janglarning barcha ishtirokchilariga maxsus polietilen yopinchiqlar va qalqonlar tarqatilgan. Jang boshlangach, gazon tez orada pomidor bilan qoplangan.
Qayd etilishicha, ushbu tadbirni o‘tkazish g‘oyasi Ispaniyaning Bunyol shahrida har yozda an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan Tomatina festivalidan olingan. Tashkilotchilar Qarag‘andida ham buni an’anaga aylantirishni rejalashtiryapti.
Izoh (0)