Tbilisi hayvonot bog‘ida 25 yildan ortiq vaqt davomida ishlagan Guliko Chitadze Amur yo‘lbarlarining hujumidan keyin bir qo‘lidan ayrildi, deb xabar bermoqda “Knews.kg”.
Voqea 27-may kuni, Chitadze yo‘lbarslar qafasi yonida jonivorlarga qarayotganda sodir bo‘lgan. Og‘ir ahvoldagi ayol shifoxonaga olib borilgan va operatsiya qilingan. Qo‘lni saqlab qolishning iloji bo‘lmagan va amputatsiya qilingan.Oyoqdagi yaralar ham chuqur bo‘lib, agar infeksiya tarqalmasa, uni saqlab qolish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, boshqa tana a’zolarida ham jiddiy harohatlar bor. Infeksiya tarqalish xavfi mavjudligi tufayli hayot uchun kurash hali to‘xtamagan. Ayolning ahvoli barqaror og‘ir deb baholangan.
Izoh (0)