Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi O‘zbekistonda eng zamonaviy maishiy texnika ishlab chiqarishning to‘liq siklini tashkil etish bo‘yicha strategik qaror qabul qildi. Bu haqda kompaniya katta vitse-prezidenti Ku In Choy Seulda o‘tkazilayotgan o‘zbek—koreys biznes-forumida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda UzDaily.
“Jahon” axborot agentligi xabariga ko‘ra, Ku In Choy Samsung Electronics kompaniyasi O‘zbekistonni istiqbolli strategik sherik deb hisoblashini e’tirof etgan.
“O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha ulkan salohiyatga ega, mamalakatda zamonaviy va diversifikatsiya qilingan sanoat yaratilgan. Yaqin kelajakda respublikada zamonaviy elektr—maishiy texnikani ishlab chiqarish va mintaqa bozorlariga eksport qilish uchun tayanch ishlab chiqarish majmualari tashkil etilishi mumkin.
Shuni hisobga olgan holda Samsung Electronics O‘zbekistonda ‘nou-xau’ va ilg‘or texnologik ishlanmalarni yetkazish bilan eng zamonaviy maishiy texnikalarni ishlab chiqarish bo‘yicha to‘liq majmuani yaratish to‘g‘risida strategik qaror qabul qildi”, — dedi Ku In Choy.
Izoh (0)