5-iyun kuni Latviyaning Yurmala shahrida Eurochambers — Yevropa Savdo-sanoat palatalari uyushmasining Markaziy Osiyo davlatlari Savdo-sanoat palatalari rahbarlari ishtirokida plenar yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Review.uz”.
Uchrashuv uch qismdan iborat bo‘ladi. Birinchi qismda tarkibiga Yevropa Ittifoqi, Rossiya, Belorussiya, Ukraina, Moldova, Armaniston, Ozarbayjon, Turkiya tashkilotlari kiradigan Eurochambers’ning bevosita o‘z yig‘ilishi o‘tkaziladi.
Ikkinchi qismda Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo forumi boshlanib, unda O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Savdo-sanoat palatalari rahbarlari o‘z mamlakatlaridagi biznes imkoniyatlari haqida ishtirokchilarga ma’lumot beradi. Uchinchi qism esa norasmiy uchrashuvlardan iborat bo‘ladi.
Izoh (0)