Janubiy Koreya BMT Xavfsizlik kengashining sanksiyalar qo‘mitasidan 9-may kuni suvosti kemasidan ballistik raketa uchirish amaliyotini muvaffaqiyatli amalga oshirganini e’lon qilgan KXDRning harakatlariga baho berishni so‘radi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Shu tariqa, BMT Xavfsizlik kengashining sanksiyalar qo‘mitasida maslahatlashuvlar o‘tkazish lozim. Bu uning yaqin oradagi yig‘ilishida bo‘lib o‘tishi kerak”, — dedi Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili No Kvan Il.
Shimoliy Koreyaga nisbatan hozirda ham BMT, AQSh va Yevropa Ittifoqining qator sanksiyalari amalda bo‘lib, ular Pxenyan tomonidan yadro va raketa sinovlari amalga oshirilgani uchun joriy etilgan.
Izoh (0)