Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Nikon kompaniyasi o‘z kameralari uchun bog‘ich ishlab chiqdi, uning yordamida itlar kuchli hayajonlangan lahzalarini avtomatik ravishda suratga tushira oladi, deya xabar bermoqda TJournal.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Itni fotosuratchiga aylantira oladigan loyiha Heartography (“heart” — yurak) deb nom oldi. Nikon kameralari uchun yaratilgan bog‘ich jonivorda puls tezlashganda avtomatik ravishda suratga oladi.

Heartography ikki qismdan iborat, kamera uchun bog‘ich itning bo‘yniga bog‘lab qo‘yiladi; egiluvchan bilaguzuk esa uning pulsini o‘lchaydi. Bilaguzuk Bluetooth orqali fotoapparat bilan ulanadi, bundan tashqari, itning pulsi ko‘rsatkichlarini kichik OLED-displeyda ko‘rsatadi. Kamera avtomatik tarzda suratga ola boshlashi uchun zarur bo‘lgan puls ko‘rsatkichi itning egasi tomonidan belgilanishi mumkin.

Ayni paytda Heartography tajribaviy loyiha bo‘lib qolmoqda, Nikon qurilmani sotishni boshlamoqchi emas.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi