Koalitsiya Yamanni yana bombardimon qilishni boshladi
Besh kunlik tinchlik sulhi yakunlanganidan so‘ng Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya Yamanni yana bombardimon qilishni boshlab yubordi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
Koalitsiya kuchlari Adandagi isyonchi xusiylar joylashgan nuqtalarga aviazarbalar berdi.
12-may kuni Grinvich vaqti bilan 20:00 da boshlangan besh kunlik sulh yamanlik muhtojlarga gumanitar yordam yetkazib berilishi uchun qabul qilingandi.
Avvalroq, BMT Yamandagi nizolar natijasida 2 oy ichida 1600 dan ortiq kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgandi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar