4-may kuni Qarshi shahrida tennis bo‘yicha “Chellenjer” turkumiga kiruvchi sovrin jamg‘armasi 50 ming AQSh dollaridan iborat turnirning asosiy to‘r bahslari start oldi, deb xabar bermoqda Olamsport.com.
Kutilmaganda O‘zbekistonning birinchi raketkasi Farrux Do‘stov ilk davradayoq reytingda o‘zidan ancha pastda turgan Bosniya va Gersegovina vakili Aldin Setkichga 3:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Do‘stov Qarshi turnirida ikkinchi raqam ostida tasniflangan edi.
Shuningdek, asosiy to‘r bahslarida O‘zbekistondan Jo‘rabek Karimov, Temur Ismoilov, Sanjar Fayziyev ham ishtirok etyapti.
Izoh (0)