Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ozarbayjonning Naxichevan shahrida shaxmat bo‘yicha “Nakhchivan Open-2015” festivali davom etmoqda. Festival ishtirokchilarning reyting o‘rniga qarab bir nechta guruhlarda tashkil etilmoqda. Eng kuchli qatnashchilar jam bo‘lgan “A” guruhida 17-Jahon chempioni, o‘zbekistonlik Rustam Qosimjonov ham ishtirok etyapti, deb yozadi “Olamsport”.

Foto: olamsport.com

Foto: olamsport.com

Aynan shu guruhda Qosimjonov birinchi raqamli ishtirokchi sifatida qayd etilgan. Nihoyat, kecha o‘tkazilgan 3-tur uchrashuvida o‘zbekistonlik shaxmatchi ilk g‘alabasini nishonladi. Ozarbayjonlik Logman Guliyevga qarshi oq donalarda harakat qilgan shaxmatchimiz raqibini mag‘lubiyatga uchratdi.

Uch imkoniyatdan ikki ochkoga ega bo‘lib turgan Qosimjonov turnir jadvalida qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 66 ishtirokchi orasida 20-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 11-pog‘onadagi Vugar Rasulov hisobida ham 2 ochko bor. Bugun o‘tkaziladigan 4-turda Rustam Qosimjonov qora donalarda o‘zi singari 2 ochkoga ega bo‘lib turgan turkiyalik Vaxap Sanal bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi.

Ta’kidlash joiz, musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 40 ming AQSh dollari bo‘lib, unga ko‘ra “A” guruhi g‘olibi 10 ming dollar mukofot puliga ega bo‘ladi. Ikkinchi o‘rinni egallagan shaxmatchi o‘z hamyonini 5, kuchli uchlikni yakunlab bergan ishtirokchi esa 3 ming AQSh dollariga boyitib oladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)