Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ozarbayjonning Naxichevan shahrida shaxmat bo‘yicha “Nakhchivan Open-2015” festivali davom etmoqda. Festival ishtirokchilarning reyting o‘rniga qarab bir nechta guruhlarda tashkil etilmoqda. Bu haqda “Olamsport” xabar berdi.

Foto: olamsport.com

Foto: olamsport.com

Eng kuchli qatnashchilar jam bo‘lgan “A” guruhida 17-Jahon chempioni, o‘zbekistonlik Rustam Qosimjonov ham ishtirok etyapti. Musobaqaning “A” guruhida aynan Qosimjonov birinchi raqamli ishtirokchi sifatida qayd etilgan. Lekin hozircha bu ustunlik o‘zini oqlamayapti. 1-turda hamyurtimiz oq donalarda o‘ynashiga qaramay, mezbon shaxmatchi Ayaz Mamedovni mag‘lubiyatga uchrata olmagandi. Kecha Qosimjonov 2-turda yana bir ozarbayjonlik shaxmatchi Gulnar Mammadovani yenga olmadi.

Ikki imkoniyatdan bir ochkoga ega bo‘lib turgan hamyurtimiz turnir jadvalida qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 66 ishtirokchi orasida 40-o‘rinni egallab turibdi. Bir yo‘la besh nafar shaxmatchi yuz foizlik ko‘rsatkich bilan peshqadamlik qilishyapti. Bugun Qosimjonov oq donalarda mezbonlar vakili Logman Guliyev bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. Guliyev bir uchrashuvda g‘alaba qozonib, yana birida durang qayd etgan.

Ta’kidlash joiz, musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 40 ming AQSh dollari bo‘lib, unga ko‘ra “A” guruhi g‘olibi 10 ming dollar mukofot puliga ega bo‘ladi. Ikkinchi o‘rinni egallagan shaxmatchi o‘z hamyonini 5, kuchli uchlikni yakunlab bergan ishtirokchi esa 3 ming AQSh dollariga boyitib oladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?