Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

25-aprel kuni Nepalda sodir bo‘lgan zilzila natijasida Everest cho‘qqisining balandligi pasaygan. Bu haqda bir qancha olimlar guruhi ma’lumotlariga tayanib, “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.

Foto: korrespondent.ru

Foto: korrespondent.ru

UNAVCO tahliliga ko‘ra, ofatdan so‘ng dunyodagi eng baland cho‘qqi bir dyuym (2,54 sm)ga pastlagan. Olimlar 29-aprel kuni Jomolungma ustidan uchib o‘tgan “Straj-1” sun’iy yo‘ldoshidan olingan ma’lumotlarga tayanib, shunday xulosaga kelgan.

O‘z navbatida Birlashgan institutning atrof-muhitni himoya qilish sohasida tadqiqotlar olib boruvchi professori Rojer Bilxam cho‘qqining balandligi faqat 1—2 millimetrga pastlagan, deb baholamoqda. Lekin undagi boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, Himolayda joylashgan Annapurna tog‘li hududi yer silkinishidan so‘ng 20 santimetrga o‘sgan.

Germaniyaning aerokosmik markazi Katmandudagi 2,5 ming kvadrat kilometr yer maydoni o‘zining oldingi holatidan 3 fut (taxminan 91 santimetr)ga o‘sganini ta’kidlamoqda.

Barcha tadqiqotchilar relyefdagi bu o‘zgarishni yerosti silkinishlardan so‘ng yer qatlami zichligi zaiflashgani bilan izohladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
The Best sovriniga da’vogar darvozabonlar yakuniy uchligi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Granatomyot zarbidan omon qolgan Gruziya prezidenti Shevardnadze, kommunistlarga qarshi ov boshlagan Makkarti va halokatga uchragan “Tu-104”. Kun xronologiyasida 9...
Mahalliy
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada yana ikki kishining hayotini saqlab qoldi